• (GMT+5)     22.09.2017    

AJ “O’zbekyengilsanoat” korxonalari Nyu-York shaxrida 17-19 iyul kunlari bo’lib o’tgan xalqaro «Tex World USA» 2017, «Apparel Sourcing», «Home Textile Sourcing» va «Avanprint» ko’rgazmalarida ishtirok etdi.

Ko’rgazma natijasida mahalliy korhonalar 3,5 mln.AQSH doll. dan ortiq to’qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo’yicha eksport shartnomalarini imzoladi.

Shu bilan birga, mahalliy korhonalar AQSHning yetakchi va dunyoning zamonaviy to'qimachilik uskunalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan aloqalarni o’rnatdi.

Umuman olganda, mazkur tadbirdagi ishtirok mahalliy to'qimachilik mahsulotlari potentsial xaridorlari va yuqori texnologiyali to'qimachilik uskunalarini yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan o'zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ko'rsatdi.

O’zbekiston delegatsiyasi tashrifi natijasida, ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishni davom ettirish va keyingi yil bo’lib o’tadigan ko’rgazmada ham ishtirok etish ko’zda tutilgan.