"O’zto’qimachiliksanoat" uyushmasida Fransiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Violen de Vilmor xonim hamda Fransiyaning "Bpifrance" davlat investitsiya banki mintaqaviy bo’limi direktori janob Emmanuel Breshard boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Fransiya tomoni uchrashuvda so'nggi yillarda respublikaning iqtisodiy yutuqlarini, shuningdek, davom etayotgan siyosiy islohotlarni, biznes uchun qulay muhit yaratilgani va investitsion jozibadorlikni alohida ta'kidladi.

Delegatsiya vakillari O'zbekistonda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi va to'qimachilik sohasidagi hamkorlik loyihalarini moliyalashtirishni taklif qildi. Xususan, o'zbek bozoriga fransuz texnologiyalari va uskunalari etkazib berish masalasi alohida muhokama qilindi.

Uchrashuvdan so'ng to'qimachilik sanoati sohasida qo'shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun Frantsiyadagi yirik kompaniyalar va moliyaviy institutlarni jalb qilish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

"Oztoqimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati