• (GMT+5)     22.09.2017    

Shu yilning iyul oyida moliyaviy va texnik hamkorlik bo‘yicha Hukumatlar aro muzokaralarda, “O‘zbekistonda nemis biznesi uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi biznes forumda hamda savdo va investitsiya bo‘yicha 14- Hukumatlar aro ishchi guruhi uchrashuvida ishtirok etish maqsadida, “O‘zbekengilsanoat” AJ vakillari Hukumat delegatsiyasi tarkibida Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi.

Germaniya moda va to‘qimachilik Konfederatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari Manfred Yunker bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi (konfederatsiya 1200 ta kompaniya, jumladan, 16 ta institut va laboratoriyalarni, shuningdek, to‘qimachilik, moda, teri va charmpoyabzal sohasida, o‘rmonchilik va yuqori kuchlanishli kabel ishlab chiqarish tarmoqlarida 130 mingdan ziyod ishchi xodimlarni birlashtirgan):

  • Savdo missiyasining O‘zbekistondagi to‘qimachilik korxonalaridagi buyurtmalarni Germaniyaga yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida 2018 yilda tashrifini tashkillashtirish;
  • Germaniyaning yirik tarmoq federatsilari (dizaynerlar, to‘qimachilik, trikotoj va tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar)ga hamkorlikni o‘rnatish istagidagi o‘zbek korxonalari, shuningdek, Germaniya tashabbusi bilan Germaniya va O‘zbekistonlik dizaynerlarning milliy va zamonaviy kolleksiyalarining hamkorlikdagi ko‘rgazmasini o‘tkazish maqsadida o‘zbek dizaynerlari va ishlab chiqaruvchilarining Germaniyaga tashrifini tashkillishtirish to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;
  • 2018 yil 18-22 yanvar kunlari Berlin shahrida bo‘lib o‘tadigan “Berlin Fashion week” moda Haftaligida o‘zbek dizaynerlarining ishtirok etishi (ko‘rgazma SHOW & ORDER, SEEK kabi zamonaviy moda platformalari bilan kelgan yosh va mashhur dizayerlarning 1400dan ortiq yangi kolleksiyalari bilan tanishish imkonini beradi. Berlinda bo‘lib o‘tadigan ushbu Moda Haftaligining muhim jihati yillar mobaynida ekologiya (“yashil” moda) bo‘lib qolmoqda).

Germaniyaning to‘qimachilik asbob-uskunalarini ishlab chiqaruvchi 10 dan ortiq kompaniyalarining qiziqishlarini MDH mamlakatlarida namoyish etadigan “Tekstima” kompaniyasi 2017 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “KAITMA-2017” to‘qimachilik asbob-uskunalari ko‘rgazmasida qatnashadi.

Moliyaviy va texnikaviy hamkorlik bo‘yicha bo‘lib o‘tgan o‘zbek-nemis Hukumatlararo muzokaralar yakuniga ko‘ra, Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlal qo‘mitalari o‘rtasida Byoan imzolandi. Shuningdek, o‘zbek-nemis biznes-forum davomida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari brendi hisoblangan “Ideal” misolida to‘qimachilik sanoati imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tdi.