O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12-13 iyun kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari va  Oltiariq tumanida kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 98-bandida So‘x tumanida tikuv-trikotaj fabrikasi loyihasini amalga oshirish belgilangan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’milash maqsadida “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi, ATB “Asakabank” hamda So‘x tumani hokimiyati tashabbusi bilan  tumanning Devayron qishlog‘ida 200 ish o‘rniga ega zamonaviy tikuv fabrikasi “Sux Kapital Teks” MChJ ishga tushurildi.

Bundan tashqari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Fergana-Oseana” MChJ tomonidan So‘x tumani Chummoqcha qishlog‘ida yana bir zamonaviy tikuv fabrikasi qurilishi yakunlandi. Yaqin kunlarda ushbu fabrika ham ishga tushurilishi rejalashtirilmoqda.