2019 yilning 24 yanvar kuni “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasida "Ajlan & Bros" korporatsiyasi bosh direktori janob Nicholas Gilani boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Malumot uchun. "Ajlan & Bros" - tayyor to'qimachilik kiyimlari ishlab chiqarish sohasida etakchi xalqaro korparatsiya bo’lib, Saudiya Arabistonida 1979-yilda tashkil etilgan. Umumiy qiymati 2,2 milliard dollar bo'lgan korporatsiya 10 dan ortiq global brend (Ferrari, Maserati, Aston Martin, Puma, Nike, Adidas, Reebok va boshqalar)lar bilan hamkorlik qiladi. Korporatsiyada 9 mingdan ortiq kishi mehnat qiladi.

Uchrashuvda O'zbekistonda biznesni joriy etish istiqbollari, jumladan, xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imtiyozlar muhokama qilindi. Xorijiy kompaniya vakillari respublikamizning to'qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasidagi yutuqlarini, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlarni yuqori baholadi. Xorijiy mehmonlar O'zbekistonda tayyor to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

Hozir delegatsiya O'zbekistonda bo’lib turibdi. Loyihani joriy etish masalalarini muhokama qilish uchun Jizzax, Andijon va Navoiy viloyatlarining hokimliklarida uchrashuvlar rejalashtiriladi.