To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, to‘qimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmi va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida bir qancha vazifalar amalga oshiriladi:

2019 yil 1 apreldan 2019-2021 yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 2019-2021 yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish (tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida qoplanadi.

Nol stavkani qoʻllash natijasida vujudga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 7 ish kuni davomida soliq toʻlovchiga tezkorlik bilan qaytariladi.

Birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qatʼiy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi.

Tikuv-trikotaj korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foizlarni qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar 2019-2021 yillar davomida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga ajratiladi.

2019 yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼiy nazar paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarni bekor qilish boʻyicha kodeksning yangi tahririga ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalar kiritiladi.

Bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish toʻgʻrisida taqdim qilgan arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturni ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

“2019-2025 yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi” tasdiqlanadi. Unda respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025 yilga borib toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 milliard AQSH dollariga yetkazish choralari belgilanadi.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etiladi.

Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy kompaniyalarning oʻquv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish obyektlarida amalga oshiriladi.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bitiruvchilarining bazaviy kontrakt toʻlovini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, toʻrtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida toʻlab bergan taqdirda, bitiruvchining buyurtmachi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati toʻgʻrisida shartnoma tuziladi va amaliyotga joriy etiladi.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si loyihasi ishlab chiqiladi.

Oʻzbekistonda bir yilda kamida bir marotaba toʻqimachilik tadbirlarini jahon kalendariga kiritgan holda toʻqimachilik va moda industriyasi xalqaro koʻrgazmalari oʻtkaziladi.

Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan koʻrib chiqilayotgan kelishuvlarga milliy toʻqimachilik mahsulotlariga nisbatan bojxona toʻlovlarini kamaytirish va tartibga solishning notarif choralari soddalashtiriladi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portalini ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini sinovdan oʻtkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkaziladi va xalqaro meʼyorlarga moslashtiriladi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga va ularni sinovdan oʻtkazish usullariga xalqaro standartlar roʻyxatini belgilanadi va ular bosqichma-bosqich qabul qilinadi.

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining amaldagi eksport shartnomalari garovi evaziga ularning mahsulotlarini eksportoldi moliyalashtirish mexanizmi joriy etiladi.

Respublika hududiga tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar reja asosida amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish choralari ko’riladi.

 

"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati